Всем привет. Помогите написать сочинение "Navoiy bobom" про Алишера Навои. Для

Всем привет. Помогите написать сочинение "Navoiy bobom" про Алишера Навои. Для 7 класса.
Задание :
"Navoiy bobom" mavzusidan mant yarating
НА УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ. 20 БАЛЛОВ

Задать свой вопрос
1 ответ

... Bu ulug amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir. Davlatshoh Samarqandiy.

Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur. Husain Boyqaro.

...turkiy tilda hech kim Navoiydek kop va xop sher aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi. A.Jomiy Bahoriston dan.

Undan avval va undan keyin hech kim turkiy tilda sherni undan koproq va undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy sherni ham kop yozgan. (Muhammad Haydar Mirzo Tarixi Rashidiy dan).

Alisher Navoiy (taxallusi; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. Hirot 1501.3.1) buyuk ozbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi.

Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli ogli bilan kokaldosh (emikdosh) bolib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bolgan. Otasi Giyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi nomalum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi.

Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining songgi yillariga togri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bolajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi sherlarni oqib, yod ola boshlagan. Ozbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga davogarlar orasida ozaro kurash boshlanadi. Urush-janjallar kop kishilarni Xurosondan turli tomonga kochib ketishga majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi oz tinchligini kozlab, Iroqqa kochishdi (1449). Taf shahrida Alisher mashhur Zafarnoma tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot qoldiradi. Giyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb ikki yil muddat otgach, qaytadi. Abulqosim Bobur Giyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib oqishni davom ettirdi.

Alisher Navoiy sheriyatga goyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan organdi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zor havas tugdirgan edi. Togalari Mirsaid Kobuliy, Muhammad Ali Garibiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez-tez toplanishib, mushoira qilishar, adabiyot va sanat haqida suhbatlashar edilar.

Alisher Navoiy 1012 yoshlaridan sher yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher Navoiyning istedodidan mamnun bolgan mavlono Lutfiy, uning:

Orazin yopqoch, kozumdan sochilur har lahza yosh,

Boylakim, paydo bolur yulduz, nihon bolgach quyosh

matlali gazalini tinglab: Agar muyassar bolsa edi, ozimning on-on ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu gazalga almashtirardim... degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. Sherlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan.

Alisher Navoiy 1314 yoshlarida otasi hayotdan koz yumadi. Uni Abulqosim Bobur oz tarbiyasiga oladi, katta badiiy istedodi uchun goyat ezozlaydi. 1456 yil oktyabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga kochiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, oz xizmatida bolgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga olib ketadi. 1457 yilning bahorida tosatdan Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Alisher Navoiy uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi ogir judolik boldi. U Mashhad madrasalaridan birida oqishini davom ettiradi. Dosti Husayn Boyqaro esa Marv va Chorjoy tomonlarga omad qidirib ketadi. Xurosonni temuriylarning yana bir vakili, Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va poytaxtini Samarqanddan Hirotga kochiradi. Husayn Boyqaroning taxtni egallash yolidagi birinchi raqibi Abu Said edi.

, оставишь ответ?
Имя:*
E-Mail:


Последние вопросы
Здравствуйте Меня зовут Виталий, я AdOps-аналитик компании  Adfinity.pro Заинтересовал ваш проект obrazovalka.com Думаю сможем увеличить

Разные вопросы.

мне очень срочно нужно сочинение по рассказу экспонат номер по дной

Литература.

мне очень срочно нужно сочинение по рассказу экспонат номер по дной

Литература.

В семье из трех человек три электронных устройства: ноутбук, планшет и

Разные вопросы.

Жаркыраган кашка маш жаралгандан ашка маш табышмак жообу менен

Кыргыз тили.

За лето подруги прочитали 48 книг.Причем Оля прочитала в 3 раза

Математика.

Периметр равнобедренного треугольника ABC (AB=BC) равен 34 см. Периметр треугольника ABM,

Разные вопросы.

«Металлическая болванка, нагрета до 420C, охлаждается в воздухе, температура которого 20C,

Алгебра.

xdy=(x+y)dx, y(1) = 0. по условию Коши помогите решить

Алгебра.

помогите пожалуйста. надо записать уравнения диссоциации следующих электролитов: карбонат натрия; бромиб

Химия.

Добро пожаловать!

Для того чтобы стать полноценным пользователем нашего портала, вам необходимо пройти регистрацию.
Зарегистрироваться
Создайте собственную учетную запить!

Пройти регистрацию
Авторизоваться
Уже зарегистрированны? А ну-ка живо авторизуйтесь!

Войти на сайт