Помогите на сочинение устоз мехри

Помогите на сочинение устоз мехри

Задать свой вопрос
1 ответ
Hajviy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoshgan ustoz adib, Ozbekiston xalq yozuvchisi Nemat Aminov Ikki pullik obro nomli ilk kitobi bilanoq muxlislar etiborini qozongan ekan. Yozuvchining Qirq uchinchi pochcha, Labihovuz xandalari, Tillo tabassumlar singari hajviy kitoblari qolma-qol oqilgan va hozir ham oqilayapti. Yolgonchi farishtalar hajviy romani ozbek adabiyotida oziga xos voqea boldi. Ustoz adibning Qahqaha saylanmasi, Bir asr hikoyati asari ham oquvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Sermahsul ijodkor hajviy hikoyalar, roman va qissalar yaratish bilan birga Molyerning Soxta oqsuyak, Derfashning Tirqish, Sergey Mixalkovning Dumaloq xat, Gorinning Sen kimu men kim? kabi komediyalari, Chexov, Zoshchenko, Aziz Nesin kabi yozuvchilarning hajviy hikoyalarini ozbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

Talabalik yillarimda Bir qaynovi ichida gaplardan yozib hali siyohi qurimasdan Mushtum jurnali tahririyatiga yugurardim. Boisi, bu yerda meni ochiq chehra bilan qarshi olishardi.

Osha paytlarda, aniqrogi, 1983 yilda jurnal oyda ikki marta nashr etilardi. Ilk marta tahririyatga borganim hamon esimda. Xonada ikki-uch kishining gurungi avjida ekan. Tahririyat eshigidan moraladim.

Keling, ukajon, tortinmasdan kiravermaysizmi, deya meni ichkariga taklif qildi ochiq chehrali kishi. Bu kongli ochiq, samimiy inson Nemat Aminov edi. Bir nima yozib kelganga oxshaysiz, qani koraylik-chi, dedi qolimdagi qogozga ishora qilib.

Yozganlarimni u kishiga uzatdim. Nemat aka qogozga koz yugurtira boshladi, bir vaqt sharaqlab kulib yubordi.

Zohidjon aka, quloq soling, deya yonidagi Zohidjon Obidovga yuzlandi-da, Bir qaynovi ichida gaplarni ovoz chiqarib oqib berdi. Baraka toping, ukajon, koproq yozing. Keyin xandalar, hajviyalardan ham bolsin.

Shu topda quvonchim ichimga sigmasdi. Mushtumda ketma-ket mashqlarim bosildi. Lekin familiyam Ayizov emas, Azizov bolib ketibdi.

E, ukaginam, xafa bolmaysiz-da, endi. Familiyangiz Aistov emasmidi, ishqilib. Keyingi sonda xandalaringizni berayapmiz. Endi familiyangiz bexato chiqadi. Yozib turing, xopmi deya ustoz tabassum bilan yelkamga qoqib qoydi.

1998 yil. Uzoq yillar Qashqadaryoda ishlab, poytaxtga qaytdim. Hajviy hikoyalarimni toplam holiga keltirish niyatida Nemat Aminov rahbarlik qilayotgan idoraga yol oldim.

Menga boshdan-oyoq razm solgan kotiba:

Boshliqning vaqtlari ziq. Hech kimni qabul qilmaydilar dedi.

Bir ogiz aytib qoysangiz, vaqtlari bolmasa, boshqa kun kelarman, dedim.

Kotiba darrov ichkariga kirib chiqdi-da:

Kirar ekansiz, dedi xijolatomuz.

Nemat Aminov meni har doimgidek ochiq chehra bilan qarshi oldi. Niyatimni aytdim.

Juda yaxshi oylabsiz-da, Abdullajon, hajviyalarni oqib chiqqach, maqul bolsa, fikrimni aytaman, dedi ustoz samimiylik bilan.

Qolyozmalarimni qoldirib ketdim. Oradan ancha kunlar otgach men xizmat qilayotgan gazetaning bosh muharriri xonasiga chaqirib:

Sizni Nemat Aminov soradi deya savolomuz tikildi, uchrashar ekansiz.

Ustoz tagin mehr bilan qarshiladi:

Ukajon, oqidim. Ijodingizga baraka. Mana sozboshi ham yozdim. oayrat qiling, deya yaxshi istaklar bildirdi.

Shunday qilib Bir gap bolar nomli hajviy kitobim Ozbekiston xalq yozuvchisi Nemat Aminov sozboshisi bilan chop etildi.

Endi oylab qarasam, soddalik qursin, oshanda tushunmagan ekanman. Katta lavozimda ishlayotgan, ming bir tashvishga komilgan, hatto biroz orom olishga ham vaqt topolmaydigan, ham rahbarlik masuliyati, ham badiiy ijod fikrini chulgagan, buning ustiga yoshi ulug adib Nemat Aminov qolyozmalarimni oqishga fursat topibdi. Bu chinakam ustozlik mehri edi.

Ustoz shifoxonaga tushib qolganini eshitib, korgani bordim. Bemor holida ham Afandi gazetasiga koz yugurtirib otirgan ekanlar. Stol ustida gazeta-jurnallarning yangi sonlari Nazira yangamiz ustoz atrofida parvona. Buxoroyi sharifdan singillari, kuyovlari kelib qolishdi. Ahvoli durust bolmasa-da, korishga kelganlarga minnatdorlik bildirar, hazil-huzul qilib suhbatni qizdirardi. Oradan bir necha kun otib betakror ijod sohibi, mashhur hajvchi Nemat Aminovning vafoti haqidagi sovuq xabarni eshitib dilim vayron boldi.
, оставишь ответ?
Имя:*
E-Mail:


Последние вопросы
Здравствуйте. Нужен цитатный план испытания лётчика в лесу главы2-13 по повести

Разные вопросы.

Я хочу найти решение и ответ для этой задачи и получить

Математика.

Здравствуйте Меня зовут Виталий, я AdOps-аналитик компании  Adfinity.pro Заинтересовал ваш проект obrazovalka.com Думаю сможем увеличить

Разные вопросы.

мне очень срочно нужно сочинение по рассказу экспонат номер по дной

Литература.

мне очень срочно нужно сочинение по рассказу экспонат номер по дной

Литература.

В семье из трех человек три электронных устройства: ноутбук, планшет и

Разные вопросы.

Жаркыраган кашка маш жаралгандан ашка маш табышмак жообу менен

Кыргыз тили.

За лето подруги прочитали 48 книг.Причем Оля прочитала в 3 раза

Математика.

Периметр равнобедренного треугольника ABC (AB=BC) равен 34 см. Периметр треугольника ABM,

Разные вопросы.

«Металлическая болванка, нагрета до 420C, охлаждается в воздухе, температура которого 20C,

Алгебра.

Добро пожаловать!

Для того чтобы стать полноценным пользователем нашего портала, вам необходимо пройти регистрацию.
Зарегистрироваться
Создайте собственную учетную запить!

Пройти регистрацию
Авторизоваться
Уже зарегистрированны? А ну-ка живо авторизуйтесь!

Войти на сайт