Стихи на узбекском языке для 9 классов

Стихи на узбекском языке для 9 классов

Задать свой вопрос
1 ответ

Garchi shuncha magrur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bol, hatto bir qadam
Otma gurur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
Opar doim peshonasidan.

1956 

***

SEVGI
On sakkizga kirmagan kim bor,
Bogimgdan gul termagan kim bor.
Sen haqingda yozib tort satr,
Sirdoshiga asta korsatib,
Qoshni qizga bermagan kim bor.

Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon.
Maskan qurib har bir kongildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron.

Tushdim chogi men ham domingga,
Ezgu hislar baxsh etding menga,
Hayotimga zar lavha bolding,
Ilk she'rimga sarlavha bolding,
Xayollarim ulfatdir senga.

Yuragimda his etdim qanot,
Tilsim kabi ochilur hayot,
Visoldagi damlarim shirin,
Hijrondagi gamlarim shirin,
Kulib boqar menga koinot...

On sakkizga kirmagan kim bor,
Bogingdan gul termagan kim bor...

1959

***

OZBEGIM (Qasida)
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, ozbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, ozbegim.

Soylasin Afrosiyobu
Soylasin Orxun xati,
Kohna tarix shodasida
Bitta marjon, ozbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki Ozluq,
Balki Tarxon, ozbegim.

Otdilar shorlik boshingdan
Oynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, ozbegim.

Toglaring tegrangda goyo
Bogma ajdar boldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, ozbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bagrida dog uzra dog,
Chingizu Botu tigiga
Koksi qalqon, ozbegim.

Yogdi tort yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, ozbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, ozbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, ozbegim.

Marifatning shulasiga
Talpinib zulmat aro,
Kozlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, ozbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulugbek
Koragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qoydi narvon, ozbegim.

Mir Alisher narasiga
Aks-sado berdi jahon,
Sheriyat mulkida boldi
Shohu sulton, ozbegim.

Ilmu sherda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
Oz elida chekdi gurbat,
Zoru nolon, ozbegim.

Mirzo Bobur - sen, figoning
Soldi olam uzra ot,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tugyon, ozbegim.

Sheriyatning gulshanida
Soldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi koz yosh,
Komdi armon, ozbegim.

Yigladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afgon
Qildi afgon, ozbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, ozbegim.

Ortda qoldi kohna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, ozbegim.

Boldi osmoning charogon
Tole xurshidi bilan,
Boldi asriy tiyra shoming
Shula afshon, ozbegim.

Men Vatanni bog deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni koz deb aytsam,
Bitta mujgon, ozbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Kokragimni tog qilib,
Kokragida tog kotargan
Tanti dehqon, ozbegim.

Ozbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
Ozligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, ozbegim.

Men buyuk yurt oglidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bolsam
Sodiq oglon, ozbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Koksi osmon, ozbegim.

Qayga bormay boshda doppim,
Goz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
Ozbe

, оставишь ответ?
Имя:*
E-Mail:


Добро пожаловать!

Для того чтобы стать полноценным пользователем нашего портала, вам необходимо пройти регистрацию.
Зарегистрироваться
Создайте собственную учетную запить!

Пройти регистрацию
Авторизоваться
Уже зарегистрированны? А ну-ка живо авторизуйтесь!

Войти на сайт