Памогите написать рассказ про Алишера Навои на Узбекском языке
Памогите написать рассказ про Алишера Навои на Узбекском языке
Задать свой вопросAlisher Navoiy 1314 yoshlarida otasi hayotdan koz yumadi. Uni Abulqosim Bobur oz tarbiyasiga oladi, katta badiiy istedodi uchun goyat ezozlaydi. 1456 yil oktyabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga kochiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, oz xizmatida bolgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga olib ketadi. 1457 yilning bahorida tosatdan Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Alisher Navoiy uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi ogir judolik boldi. U Mashhad madrasalaridan birida oqishini davom ettiradi. Dosti Husayn Boyqaro esa Marv va Chorjoy tomonlarga omad qidirib ketadi. Xurosonni temuriylarning yana bir vakili, Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va poytaxtini Samarqanddan Hirotga kochiradi. Husayn Boyqaroning taxtni egallash yolidagi birinchi raqibi Abu Said edi.
Alisher Navoiy oilasining xohish-ragbati Husayn tomonda bolib, bu avvalo ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. Ortadagi bu vaziyat Alisher Navoiy hayotini murakkablashtirgan. Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha sifatida yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida oz yurtini soginib yozgan gazallari talaygina. Orada, xususan, yoz fasllarida Hirotga borib-kelib ham turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi. Biroq bu yerda ahvol ozgargan, shahar xarobaga aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said oz tartibini ornatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvgin qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan togalari Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bolgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning osha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi sheriy satrlarda nihoyatda tasirli va haqqoniy ifodalab berilgan.
Bu vaqtda mamlakatda taniqli shoir bolib qolgan Alisher Navoiyni Abu Said taqib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur boladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida oqib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Samarqandning kozga koringan shoirlari Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogoy Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va boshqalar bilan hamsuhbat boldi va dostlashdi. Samarqand shahri hokimi Ahmad Hojibek asli hirotlik bolib, Vafoiy taxallusi bilan sherlar yozardi, u Alisher Navoiyga alohida hurmat va etibor bilan qaradi. Uning yordamida Alisher Navoiy davlat ishlari bilan ham shugullana boshladi. U davlat ishlarini boshqarishda dastlabki tajribani shu yerda orttirdi va bu unga keyinchalik asqotdi. Alisher Navoiyning Samarqanddagi siyosiy va davlat faoliyati yuqori baholanib, unga Chigatoy amiri unvoni berilgan.
-
Вопросы ответы
Статьи
Информатика
Статьи
Математика.
Физика.
Математика.
Разные вопросы.
Разные вопросы.
Математика.
Разные вопросы.
Математика.
Физика.
Геометрия.