ПОЖАЛУСТА ПОМОГИТЕ ДАЮ 40БCоставте текст на узбекском на тему 039;039;
ПОЖАЛУСТА ПОМОГИТЕ ДАЮ 40Б
Cоставте текст на узбекском на тему '' Кем я хочу стать в будущем''. О учителе.
Не сочиняйте маленькие и обыкновенные тексты.
Nargiza 8-sinfda oqiyapti. Bugun adabiyot darsida ustozi Kim bolsam ekan? mavzusida insho yozishni topshirdi. Ustoz aytgan mavzu Nargizani oylantirib qoydi. Chunki u shu choqqacha bu haqida oylab kormagan edi. Tort yil avval dadasi, kasbimning davomchisi, shifokor bolasan, deb akasini kerakli fanlardan qoshimcha mashgulotlarga borishini tayinladi. Biroq, akasi qoshnimiz Adham akadek hunarmand bolmoqchiman, deb rozi bolmadi. Adham aka buyurtmaga eshik-rom yasaydi. Dastlab uning ishlariga havas qilib, keyinchalik esa yordam bera boshlagan Sardor bu hunarni sidqidildan organishga kirishdi. Hozir akasi ustaning ishongan shogirdlaridan. Bundan nafaqat oilasidagilar, balki mahallasidagilar ham xursand. Chunki akasi choyxona atrofiga orindiq va supalar yasab berdi, keksalarning duosini oldi. Shularni xayolidan otkazgan Nargiza oldiga qoygan maqsadiga erishishda tanlagan kasbi muhim orin tutishini angladi.
Darhaqiqat, maktabni bitirish arafasida Kasb qanday tanlanadi?, Oquvchiga necha yoshdan boshlab kasb haqidagi tushunchalarni singdirish lozim? kabi savollar bolalarni oylantiradi. Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, psixolog Nigora Shomurodovaning quyidagi suhbatidan ana shu kabi savollarga javob topasiz.
Bolajonlarimizda kasbga bolgan qiziqish ilk muloqotda boshlanadi. Masalan, bazilaringiz endigina maktabga kelgan kunlaringizda ustozingizning dars otishi, xatti-harakatlarini kuzatasiz. Orniga ozingizni qoyib oqituvchi bolishni orzu qilasiz yoki harbiy bolib ishlayotgan akangizning kiyimiga havas qilib ham ana shu kasb egasi bolgingiz keladi. Shu tariqa fikringiz tez-tez ozgarib turadi. Ammo ichki xohishlaringizga boysunib, tanlagan sohangizda bir umr mehr, ishtiyoq bilan ishlaydigan, orzuyingizdagi kasbni tanlashingiz kerak. Sababi, ota-onangiz shifokor yoki oqituvchi bolsa, sizni ham aynan oz kasblarini davom ettirishingizni xohlaydi. Agar sizda bu kasbga qiziqish bolmasa, uni hech qachon yaxshi egallay olmaysiz.
Yuqori sinfga otgach, kasb tanlashning muhim jihatlariga etibor bera boshlaysiz. Yani uning jamiyatdagi orni, mavqei fel-atvoringiz, tabiatingizga mos kelishi, sizga xalaqit beruvchi tosiqlar yoqligiga ishonch hosil qilib, bir qarorga kelasiz.
Bazi tengdoshlaringiz maktabni bitirish arafasida ham kim bolishi haqida qatiy qarorga kelmaydi. Bunday oquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun maktablarda Tugallanmagan gaplar degan sorovnomalar otkazamiz. Unda qaroringizning qanchalik qatiyligi, taxmin va ikkilanishingizni aniqlab olamiz. Sorovnoma orqali Men tanlagan kasbning muhim jihatlari, Men tanlagan kasb vakillari va Men tanlagan kasbda ozimni tasavvur qilishim kabi savollarga javob olamiz. Unda tanlagan kasbingizni qanchalik qadrlashingiz, bu kasb egalaridan kimlarni tanishingiz va ularga nisbatan qanday fikrda ekanligingiz, bu kasbda oz mahoratingizni qanchalik namoyon qila olishingiz haqidagi tasavvuringizni organamiz. Ichki xohishlaringizni eshitamiz. Qaysi fanlarga qiziqishingizni aniqlab, sizlardagi yashirin qobiliyatlar orqali kasblarga yonaltiramiz.
Albatta, har bir ota-ona farzandlarining nufuzli kasb egasi bolishini istaydi. Siz ham osmir yoshingizda hamisha etiborda bolishni, kelajakda ozingizni yuqori mavqelarda korishni xohlaysiz. Ammo sizning istagingiz bilan ichki imkoniyatlaringiz togri kelmasligi, yani sizda shu kasbga nisbatan qobiliyatning yoqligini ilgasak, dunyoqarashingizdan kelib chiqib, boshqa mutaxassislikni tavsiya qilamiz.
Bazida ota-onangiz yaxshi kasb egasi bolsin, deb darsdan keyin qoshimcha oquv mashgulotlariga jalb qiladi. Afsuski, sizning ichki xohishlaringiz bu fanlarga nisbatan qiziqish bilan boglanmagan bolsa, osha mashgulotlarga behafsala yondashasiz. Bazi hollarda esa aksi bolib, dastlab oqsagan fanlaringizdan mashgulotlar davomida sizdagi yashirin istedod namoyon boladi. Shu fanga mehringiz uygonib, kasb tanlashingizga turtki bolishi ham mumkin. Unutmangki, inson ozi istamagan kasbni tanlasa, hayotda oldiga qoygan maqsadiga erishish uchun kop tosiqlarga uchrashi mumkin.
Shuning uchun har biringiz hayot yolingizni belgilovchi, sizni ishtiyoq bilan ishlashga undaydigan kasbni tanlashingiz lozim. Ana shunda mehr bilan bajargan har bir ishingiz samarali bolib, yuqori baholanadi.
Nargiza psixologning suhbatidan keyin hech ikkilanishlarsiz ozi qiziqqan kasb boyicha talim olishni maqsad qildi.
-
Вопросы ответы
Статьи
Информатика
Статьи
Разные вопросы.
Разные вопросы.
Математика.
Разные вопросы.
Математика.
Физика.
Геометрия.
Разные вопросы.
Обществознание.
Математика.