сочинение на узбекском языке на тему Tabiatni asrang

Сочинение на узбекском языке на тему Tabiatni asrang

Задать свой вопрос
Агорянск Ленька
напишите перевод текстов пожалуйста!!!
1 ответ

Ma'lumotlarga ko'ra, har soatda sayyoramizdagi hayvonot va o'simlik turi bittaga kamayib borayotgan ekan. Shu boisdan jahon hamjamiyati bu kabi muammolarning oldini olish maqsadida har yili 22 mayni Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida keng nishonlaydi.

Darhaqiqat, bugun ona sayyoramizda tabiatni asl holida saqlash global muammoga aylangan. Bu masalani hal etishga qaratilgan sa'y-harakatlar milliy qonunchiligimizda ham o'z aksini topgan. Mustaqillik yillarida tabiatning betakrorligini saqlab qolish, o'rmonlar maydonini kengaytirish hamda noyob o'simlik va hayvonot turlarini saqlash, tabiatga yetkaziladigan salbiy ta'sirni kamaytirishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Binobarin, mamlakatimizda 1995 yil bioxilma-xillikni saqlash to'g'risidagi Xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilingan.  

Shuningdek, biologik resurslarni muhofaza qilishning o'ziga xos huquqiy asoslari ham yaratildi. Bundan tashqari, bioxilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirib kelinmoqda. Shu kabi sa'y-harakatlar natijasi o'laroq, kamyob mavjudotlar va o'simliklar turlarini saqlab qolishga erishildi.

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga qarashli Jayron ekomarkazida jayron, qulon, Prjevalskiy otlarini tabiiy ko'paytirishga erishildi. Shuningdek, mazkur markazda 28 o'simlik oilasiga mansub ikki yuzdan ziyod tur ko'paytirib kelinmoqda.

Markazda hayvonot va nabotot dunyosi bilan bog'liq ilmiy izlanishlar izchil olib borilmoqda. Masalan, hayvon va o'simliklarning biologik, fiziologik va ekologik xususiyatlari o'rganilib, qo'llanma va dasturlar yaratildi. Quvonarli tomoni shundaki, tabiiy sharoitda ko'paytirilayotgan Gazella jayronini o'rganishga oid ilmiy tadqiqot dunyo amaliyotida yagona hisoblanadi. Shu sababli ham, bu borada Rossiyaning tabiatni o'rganish ilmiy-tadqiqot instituti, Fransiyaning tabiatni o'rganish milliy markazi, Xalqaro yovvoyi tabiatni asrash fondi va xorijdagi boshqa yetakchi ilm-fan markazlari olimlarimiz bilan hamkorlikda ishlab kelishmoqda.

Mamlakatimizning boshqa bir qator hududlarida ham shu yo'nalishdagi ilmiy-amaliy loyihalar hayotga tatbiq etib kelinayapti. Hisor davlat qo'riqxonasida yo'qolib borayotgan o'simlik va sut emizuvchilarni o'rganish va saqlab qolishga yo'naltirilgan dastur amalga oshirilmoqda. Peshku tumanida Qizil kitobga kiritilgan yo'rg'a tuvaloqni ko'paytirishga ixtisoslashgan ikkita parvarishxona faoliyati yo'lga qo'yildi.

Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida kamyob baliq turlarini muhofaza qilish maqsadida muntazam monitoring olib borilmoqda. U yerdagi baliqlar turini saqlab qolish bilan bog'liq muammolar bartaraf etilayotir.

Ma'lumki, daraxt ekish va bog' yaratish xalqimizning o'lmas qadriyati sifatida shakllangan. E'tibor bering, mamlakatimiz bo'yicha yoshi yuzdan oshgan qancha daraxt bor?! Bu ko'pchilik uchun qiziqarli. Hozirgacha shunday ulug'vor yoshdagi to'qqiz yuz tup daraxt mahalliy hokimliklar tomonidan ro'yxatga olindi hamda ularga tabiat yodgorligi maqomi berildi.

Global ekologik jamg'arma granti asosida amalga oshirilgan Farbiy Tyan-Shan tog'lari bioxilma-xilligini saqlash bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlararo loyihasi bu borada amalga oshirilgan ulkan ishlardan biri bo'ldi, desak, sira mubolag'a bo'lmaydi. Loyiha doirasida to'rt yil davomida ish olib borildi hamda atrof-muhitga ko'rsatilatgan salbiy ta'sir kamaytirildi. O'zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda bir qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha nafaqat biologik xilma-xillikni asrash, balki o'simliklarning genetik xususiyatlarini saqlashga ixtisoslashgani bilan ham juda ahamiyatli bo'ldi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida inson ko'magiga muhtoj bo'lib turgan hayvon va o'simlik turlari aniqlanib, ro'yxatga olindi. Endi ana shu ro'yxat asosida O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashri yaratiladi. Shuningdek, mamlakatimiz hayvonot va nabotot olamining yangi kadastrini yaratish ishlari qizg'in davom ettirilmoqda. Jizzax, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasida bu boradagi ishlar nihoyasiga yetkazildi.

Xalqimiz azal-azaldan tabiatga alohida mehr ko'rsatib keladi. Keyingi yillarda bu boradagi ishlarga davlat miqyosida e'tibor qaratilayotgani esa masalani tez va soz hal etishda asosiy omil bo'lib kelayotgani hech kimga sir emas. Tabiat inson hatining azaliy ma'vosi. Zero, tabiatni asrash, uning yanada chiroy ochayotgan bag'rida yayrab yashash zavqiga ne yetsin?..


, оставишь ответ?
Имя:*
E-Mail:


Добро пожаловать!

Для того чтобы стать полноценным пользователем нашего портала, вам необходимо пройти регистрацию.
Зарегистрироваться
Создайте собственную учетную запить!

Пройти регистрацию
Авторизоваться
Уже зарегистрированны? А ну-ка живо авторизуйтесь!

Войти на сайт