написать сочинение по узб-яз на тему: " Узбек алломалари ва олимлари".

Написать сочинение по узб-яз на тему: " Узбек алломалари ва олимлари". Помогите пожалуйста. Срочно нужно!

Задать свой вопрос
1 ответ

Ozbekiston boy tarix va ulkan madaniy merosga ega mamlakat. Ushbu muqaddas zaminda kamolga yetgan koplab buyuk mutafakkirlar ozining boy ilmiy-manaviy va madaniy merosi bilan jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoshgan. Mirzo Ulugbek ulardan biridir. Astronomiya fani asoschilaridan bolmish ushbu alloma ozining olamshumul kashfiyotlari bilan butun dunyoda, xususan, Niderlandiyada ham dovruq qozongan.

Evropada Avitsenna nomi bilan mashhur Abu Ali ibn Sino tibbiyot ilmi rivojiga qoshgan benazir hissasi bilan dunyoga dong taratgan. Samarqandda otadigan xalqaro konferensiya asnosida ushbu muqaddas zaminda yetishib chiqqan koplab ulug mutafakkirlarning boy ilmiy merosiga yana bir bor murojaat qilib, ularning jahon ilm-fani rivojiga qoshgan ulkan hissasi xususida fikr almashish imkoniga ega bolamiz.

Ozbekiston nafaqat tarixda, balki bugungi kunda ham yetuk olimlari bilan dunyoga mashhur. Xususan, yosh olim Ibrohim Abdurahmonovning qishloq xojaligi sohasidagi kashfiyotlari barchani hayratga solmoqda. U yaratgan ixtiro gozaning yangi navi xalqaro miqyosda etiborga molik voqea sifatida etirof etildi.

Konferensiya davomida Samarqandni, u yerdagi qadimiy memoriy yodgorliklar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniga ega bolishimdan baxtiyorman. Menga, ayniqsa, Registon, Shohi Zinda majmualarini, Amir Temur maqbarasi va Ulugbek rasadxonasini tomosha qilish olam-olam manaviy kuch-quvvat bagishlaydi.

Ozbekiston qisqa fursatda dunyoda oz munosib ornini topgani, obro-etibor qozongani, nufuzi yuksalib borayotgani Prezident Islom Karimov yuritayotgan uzoqni kozlagan, dono siyosat samarasidir. Davlatingiz rahbari rahnamoligida mamlakatingiz tarixini, ajdodlaringizning boy ilmiy merosini chuqur organish va uni yosh avlodga yetkazish borasidagi say-harakatlar natijasida Ozbekiston mustaqilligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu diyorda doimo tinch va osuda hayot hukm surayotgani ham aynan ana shunday izchil ishlar samarasidir.

Fahad al-Mekrad, Arab ochiq universiteti professori (Kuvayt):

Avval ham Ozbekistonda otkazilgan koplab xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish imkoniga ega bolganman. Ozbek zaminida yetishib chiqqan olimu fuzalolarning jahon ilm-fani rivojiga qoshgan ulkan hissasini butun dunyo ahli etirof etadi. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi koplab buyuk mutafakkirlarning boy merosidan butun dunyo ahli asrlar osha bahramand bolib kelmoqda. Ular haqida juda koplab asarlar va maqolalar yozilgan, filmlar yaratilgan. Buyuk ajdodlaringiz qoldirgan noyob va ota muhim meros asosida bugun dunyo mamlakatlari ilm dargohlarida, maktabu universitetlarda talim berilmoqda. Bugungi kunda yurtingizda ana shunday moddiy va manaviy merosni zamon talablari asosida chuqur organish va undan xalqingizni bahramand qilish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlardan ornak olsa arziydi.

Ozbekistonga har gal kelganimda barcha sohalarda, xususan, talim jabhasida erishilayotgan muvaffaqiyatlardan hayratlanaman va quvonaman. Ayniqsa, yurtingizda chet tillarini organishga qaratilayotgan etibor tufayli mamlakatingiz yoshlari ingliz, fransuz, arab tillarida biyron sozlayotganini korib, juda tasirlandim. Ozbekiston va uning yutuqlari haqida, odamlarining yuksak intellektual salohiyati, bagrikengligi, samimiyligi va mehmondostligi haqida koplab maqolalar yozganman. Ozbekistonning oziga xos madaniyatini juda qadrlayman.

Mazkur xalqaro konferensiya tashabbuskori Prezident Islom Karimovga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Julio Kasati, Insubria universiteti professori (Italiya):

Onlab ozbek allomalarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoshgan hissasi ulkandir. Jumladan, Mirzo Ulugbek qoldirgan meros xalqingizning jahon ahliga bebaho inomidir. Uning koplab ilmiy monografiyalari, siyosat va iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, ilmiy va marifiy merosi bugungi avlod uchun ham katta saboq bolib xizmat qilmoqda. Allomaning jahon ilm-fani, ayniqsa, astronomiya rivojiga qoshgan hissasi beqiyosdir. Uning Ziji Koragoniy asari orta asrlarda Osiyo va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Orta asrlarda yozilgan hech bir astronomik asar bunchalik shuhrat qozonmagan.

Italiyada Ozbekiston bilan ilm-fan, madaniyat va talim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga intilish kuchli. Xususan, Toshkentda ochilgan Turin politexnika universiteti talim sohasidagi faol hamkorligimizning amaliy namunasidir.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlardagi memoriy obidalarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bolganman. Mamlakatingizda ajdodlaringizning boy merosini organish, targib qilish, madaniy yodgorliklarni tamirlash va asrab-avaylash, talim, fan va madaniyat sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar oz samaralarini berayotgani tahsinga loyiq.

, оставишь ответ?
Имя:*
E-Mail:


Добро пожаловать!

Для того чтобы стать полноценным пользователем нашего портала, вам необходимо пройти регистрацию.
Зарегистрироваться
Создайте собственную учетную запить!

Пройти регистрацию
Авторизоваться
Уже зарегистрированны? А ну-ка живо авторизуйтесь!

Войти на сайт