Tabiat - bizni orab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi.
Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson ozining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar.
Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xojalik mahsulotlariga bolgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bolgan hududlarga joylashganlar.
Xojalikda eng kop foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi . Suv bor joyda hayot bor, suv tugagan joyda hayot tugaydi degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Muayyan hududning hayvonot olami va osimlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga kochirish va kopaytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajoxori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qoy, tovuq, asalari, kofe, bugdoy, sholi, arpa, karam, sholgom, nok kabilar olib ketilgan . Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga kora uch guruhga ajratiladi:
1. Tabiiy landshaltlar. 2. Tabiiy-antropogen landshaftlar. 3. Antropogen landshaftlar.
Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, toglar, chollar, qalin ormonzorlar tipik misol boladi.
Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oraligida tarkib topadi. Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir.
Antropogen landshaftlar - kishilarning xojalik faoliyati ta'sirida ozgargan tabiiy landshaftlar bolib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam qal'a-shahar , shahar-davlat sifatida shakllana boshlagan.
Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida qoriqxonalar, zakazniklar, milliy boglar tashkil etiladi. Yoqolib ketish xavfi bolgan osimlik va hayvonot olami Qizil kitob larga kiritiladi va alohida muhofaza qilinadi. Bunday chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va insonlarning sogligini asrash uchun xizmat qiladi.
-
Вопросы ответы
Статьи
Информатика
Статьи
Математика.
Физика.
Математика.
Разные вопросы.
Разные вопросы.
Математика.
Разные вопросы.
Математика.
Физика.
Геометрия.