Til milliy davlatchiligiga ega bolgan har bir xalq suverinitetining muhim belgisi, millat manaviyatining ajralmas tarkibiy qismidir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek, Ozbekiston Respublikasining davlat tili ozbek tilidir.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz hali mustaqillikka erishmasidanoq istiqlol sari muhim qadam qoyildi: 1989 yil 21 oktabr kuni Ozbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilindi. Ushbu hujjat ona tilimizning qadrini mustahkamlash, faxr-iftixorimiz, gururimiz timsoli bolgan ozbek tilining mavqeini yuksaltirishda muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda. Fargona viloyatida ham bu borada keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ozbek tiliga davlat tili maqomining berilishi uning mavqeini oshirib, qollanish doirasi va rivojiga katta tasir korsatdi, deydi viloyat hokimining manaviy-marifiy ishlar boyicha yordamchisi Zokir Rahimov. Viloyatimizda ham davlat tilining ahamiyatini targib qilish, ish va hujjatlarni davlat tilida yuritishga alohida etibor qaratib kelinmoqda.
Shu kunlarda tashkilot va muassasalar, oquv yurtlari, mahallalarda til bayramiga bagishlangan tadbirlar bolib otmoqda. Fargona davlat universiteti, Qoqon davlat pedagogika institutlarida ozbek tilining dolzarb masalalariga bagishlangan ananaviy konferensiyalar tashkil etilmoqda. Umumtalim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Tilga etibor elga etibor, Ona tili davlat tili, Odob boshi til kabi manaviy-marifiy tadbirlar muntazam otkazilayotir.
Til millat kozgusi, manaviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini organish barchamizning asosiy burchimiz bolishi lozim.
-
Вопросы ответы
Статьи
Информатика
Статьи
Математика.
Разные вопросы.
Разные вопросы.
Математика.
Разные вопросы.
Математика.
Физика.
Геометрия.
Разные вопросы.
Обществознание.