Qish fasli. Tong. Kok yuzini bulut qamragan, atrofni tutgan yengil tuman oynadek yiltirab, namxush havoning achiqqan sovuq zahri qordan darak berib, dimoqni shisha sinigi yanglig ayovsiz tilimlaydi. Yalangoch borliqning ayanch manzarasidan tom ustida hurpaygan kaptarlar, sovuqdan tayoqdek qotgan torlaridagi kirlari shamoldan tebranayotgan, chetdan kimsasizdek tuyulib torsayib turgan uylar yanada mungayib, garib tortgandek. Ahyon-ahyonda esayotgan shabada xiralashib qolgan fonuslar yogdusi singan yol boylab sochilgan xazonni supurib, uy devorlariga sochadi, sovuqdan junjikib, munkayganicha sudralgan yolovchining etagiga osiladi, mudroq daraxtlarning quyuq kulrang tanasiga suykanib, shoxlarini tebratadi.
-
Вопросы ответы
Статьи
Информатика
Статьи
Разные вопросы.
Математика.
Разные вопросы.
Литература.
Литература.
Разные вопросы.
Кыргыз тили.
Математика.
Разные вопросы.
Алгебра.